Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq mahsulotlari import qilingan.
Import qiymati 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,9 mln AQSH dollariga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p muzqaymoq mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 275,3 tonna;
Qozog‘iston – 139 tonna;
Xitoy – 46,2 tonna;
Belarus – 20,2 tonna;
Fransiya – 17,6 tonna;
Boshqa davlatlar – 13,3 tonna.




