11/02/2026

Respublikamiz hududida 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha "Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish" jarayonlari 2 bosqichda o'tkazilishi belgilangan.
Dastlabki bosqich (census.stat.uz sayti orqali online ro'yxatdan o'tish) 15-31-yanvar kunlari o'z nihoyasiga yetgan bo'lib, 4-fevraldan boshlab ro'yxatga olish jarayonlarining 2-bosqichiga start berildi va "mahalla yettiligi" xodimlari aholi xonadonlariga tashrif buyurib ro'yxatga olish so'rovnomasini to'ldirishda davom etishmoqda.Hozirda Viloyatimiz hududidagi barcha mahallalarda ro'yxatga olish jarayonlari qizg'in davom etmoqda.

  Hurmatli fuqarolar barchangizdan "Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxayga olish" jarayonlari yuzasidan xonadoningizga tashrif buyuruvchi registratorga to'liq va to'g'ri ma'lumot taqdim qilishingizni so'rab qolamiz! Zero bugun yetkazilgan aniq ma'lumot istiqbolli kelajak asosidir.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech