Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibida tog'- kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari natijasida ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 8,7 trln so'm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 20,4 % o'zlashtirildi.



