06/02/2026

Joriy yilning 6-fevral kuni, viloyatimiz hududlarida ushbu umummilliy tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, barcha mahallalarda faol amalga oshirilmoqda. Jarayonlarda har bir hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan yuqori faollik va mas’uliyat namoyon etilmoqda. Xususan, viloyatimizdagi mahallalarda ro‘yxatga olish ishlari belgilangan reja asosida olib borilib, xodimlar tomonidan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurgan holda ularning ma'lumotlari elektron tizimga kiritilmoqda va aholi va qishloq xo'jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining 1-bosqichida (onlayn jarayonlar 15–31-yanvar kunlari bo'lib o'tgan edi) ishtirok etmagan fuqarolarning ham faol qatnashuvi ta’minlanmoqda.

 Hurmatli viloyatimiz fuqarolari!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — bu shunchaki statistika emas, balki yorqin kelajagimiz tomon qo'yiladigan mustahkam qadam. Shu bois, ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishingizni, xonadoningizga tashrif buyuradigan registratorlarga to‘liq va ishonchli ma’lumotlar taqdim etishingizni so‘rab qolamiz. Birgalikda hududimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shaylik!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech