06/02/2026

Kuni kecha mamlakatimizda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlarining 2-bosqichi start oldi. Joriy yilning 5-yanvar kuni viloyatimiz hududida ushbu umummilliy tadbir ko'tarinki ruhda davom etmoqda. Jarayonda har bir hududdagi "mahalla yettiligi" a'zolari faollik namunasini namoyish etmoqda. Xususan, Buxoro shahrining "Istiqlol" va "Razzoq Hamroyev" mahallalari yettiligi o'z ishlariga mas'uliyat bilan yondashgan holda ro'yxatga olish jarayonlarini tashkillashtirmoqda. Xodimlar fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib ro'yxatga olish jarayonlarining 1-bosqichida(onlayn jarayon 15-31-yanvar kunlari bo'lib o'tgan edi) ishtirok etmagan fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlamoqda. Hurmatli viloyatimiz fuqarolari! Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish faqat statistik ma'lumotlar to'plash jarayoni emas. Ushbu jarayon har birimizning o'z hududimiz rivoji uchun qo'shadigan hissamizdir. Ro'yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok eting va xonadoningizga tashrif buyuradigan registratorga to'liq va to'g'ri ma'lumot taqdim qilishni unutmang!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech