17/01/2026

2026-yil 16-yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi hamkorligida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarga 15-yanvardan start o;gan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirlarining mazmun mohiyati, ro'yxatga olish jarayonlarining tashkiliy qismlari, viloyat hududida qarorning ijrosi va jarayonni samarali tashkil qilish borasida rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Anjuman yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech