14/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda universitet xodimlari va ularning oila a’zolari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar bilan batafsil tanishtirildi. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etish mexanizmlari, mas’ul xodimlarning vazifa va majburiyatlari hamda aholini ro‘yxatga olish uchun yaratilishi lozim bo‘lgan sharoitlar bo‘yicha tushuntirishlar berililib seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech