Joriy yilning 13-yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O'MT va AOFVB "LUOK" XK MCHJ obyektlarida favqulodda vaziyatlar markazi viloyat bo'limi xodimlari ishtirokida o'quv seminari tashkil qilindi. Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalar shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida ro'yxatga olishga oid so‘rovnomani to‘ldirish usullari, onlayn platformaning imkoniyatlari tushuntirildi va 15-yanvardan boshlab onlayn ro'yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishlari so'raldi. Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.




13/01/2026



