Joriy yilning 30- iyun kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma boshlig'i o'rinbosari Sh. Yusupov, tarmoq, tuman (shahar) statistika boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga amaliy misollar asosida tushuntirishlar berilib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muhokamalar o‘tkazildi.