30/07/2025

     Joriy yilning  30- iyul kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida 2025- yilning I yarim yillik yakunlari boʻyicha kengaytirilgan Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

     Yigʻilishda boshqarma rahbariyati tarmoq, tuman (shahar) statistika boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi. 

    Kengashning kengaytirilgan yigʻilishini Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi U.Djumanazarov ochib berdi va yigʻilish kun tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. 

     Tadbir davomida boshqarmaning kengash yig‘ilishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati hujjatlari bilan Milliy statistika qo‘mitasiga berilgan topshiriqlarning 2025-yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi yakunlari ko‘rib chiqildi.     Kengash yigʻilishi yakunida tegishli bo‘linmalar oldiga aniq vazifalar va kelgusi chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech