17/06/2025

     Joriy yilning 17- iyun kuni Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

     Mazkur tadbirda statistik ishlarni tashkil etish, aholi turmush darajasi, aholini ro‘yxatga olish jarayonlari va korrupsiyaga qarshi kurashish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Tadbirda boshqarma mutasaddilari va universitet talabalari ishtirok etdi.

     Davra suhbati yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va amaliy javoblar olishdi. Uchrashuv doirasida talabalar statistika sohasining amaliy jihatlari, zamonaviy yondashuvlar va kasbiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech