16/06/2025

     Joriy yilning 16-iyun kuni Buxoro davlat universitetida “Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borish imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Yusupov, inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis N. Yarashova, universitetning mas’ul xodimi L. Jiyanov hamda talabalar ishtirok etdilar.

     Davra suhbatida talabalar va yosh mutaxassislar uchun statistika sohasidagi ish imkoniyatlari, kasbiy o‘sish istiqbollari, amaliyot o‘tash jarayonlari hamda bu sohada zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

     Tadbir so'ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar uchun foydali bo‘lgan tajriba almashinuvi maydoniga aylandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech