2025- yil 1- may holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 539 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 5 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 534 tani tashkil qildi.
2025- yilning yanvar-aprel oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 3 252,8 mlrd. so‘mga yetdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan 107,4 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 90,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.