Joriy yilning 9-iyun kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida maʼnaviy-huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Sh. Yusupov va xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Sh. Yusupov ochib berdi va "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunning asosiy jihatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Boshqarma bosh yuristkonsulti O‘. Shodiyev har ikki qonun bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi va "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun doirasida davlat statistika organlarining huquq va majburiyatlarini, jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish hamda qonunlarga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini batafsil tushuntirdi. Shuningdek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni ham atroflicha sharhlab, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini ta’kidladi va bu kurashdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, huquqiy ongni oshirish, profilaktik choralar va javobgarlikning muqarrarligi tamoyillarini bayon etdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.