2025- yilning yanvar-aprel oylarida, Buxoro viloyatida jami 4 322,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 62,0 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 89,9 % ni tashkil etdi;
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 26,7 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 190,6 % ni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 11,3 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 113,2 % ni tashkil etdi.