Joriy yilning 29- may kuni Buxoro shahridagi “R.Hamroyev” MFYda boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan Statistik-huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonuni toʻgʻrisida gapirib Rasmiy statistika ushbu qonunning qoidalariga muvofiq davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika maʼlumotlaridan iboratligini aytib oʻtdi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-228-son qarori hamda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha bir qator qonun va qonunosti normativ- huquqiy hujjatlar qaʼbul qilinganligi haqida ma'lumot berildi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollargan javob oldilar.