29/04/2025

      Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i U. Djamanazarov boshchiligida joriy yilning 28- aprel kuni Romitan tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbirda hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
      Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan statistika sohasiga oid turli masalalar, xususan, aholini ro‘yxatga olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat statistik hisobotlari bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
      Ushbu tashabbus aholining dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech