17/04/2025

      Joriy yilning 17- aprel kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      Boshqarma bosh yuriskonsulti O'. Shodiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunining asosiy tamoyillari, maqsad va vazifalari, shuningdek, ushbu qonunning davlat idoralarida korrupsiyaning oldini olishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berdi. Xususan, qonun asosida tashkilotlarda halollik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, xodimlarning korrupsiyaviy xavflarga qarshi immunitetini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

      Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech