Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Qirg‘iz Respublikasi - 422 591 nafar;
Tojikiston - 401 377 nafar;
Qozog‘iston - 199 048 nafar;
Rossiya - 90 611 nafar;
Afg‘oniston - 81 797 nafar;
Turkmaniston - 48 871 nafar;
Turkiya - 22 520 nafar;
Xitoy - 14 062 nafar;
Hindiston - 10 326 nafar;
Koreya Respublikasi - 5 292 nafar;
Boshqa davlatlar - 38 810 nafar.