19/03/2025

      Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

      Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga oshgan.

      Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

      qarindoshlarni yo‘qlash – 461 277 nafar;

      xizmat yuzasidan –  88 336 nafar;

      sayyohlik – 75 392 nafar;

      tijorat – 41 196 nafar;

      davolanish – 8 966 nafar;

      o‘qish – 3 508 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech