07/03/2025

     2025- yilning 4–5- mart kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida elektron chiqindilar boʻyicha II Markaziy Osiyo forumi boʻlib oʻtdi.

1_-5353015129568046905_p51802

     Forum Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), BMTning Oʻquv va ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Barqaror rivojlanishga koʻmaklashish” markazi bilan birgalikda tashkil etildi.

2

     Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasidan Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Azima Gafurova ham ishtirok etdi.

3_5348441762491920328_p99211

     Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston davlatlari statistika idoralari xodimlari, Atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari vakillari, Stokgolm konvensiyasi majburiyatlarini amalga oshirish milliy markazi ekspertlari, Germaniya federal atrof-muhit agentligi (UNITAR) hamda nodavlat notijorat tashkilotlari mutaxassislari qatnashdi.

4

     Forum davomida ishtirokchilarga elektron chiqindilar dinamikasi, qonunchilikdagi oʻzgarishlar, elektron chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish boʻyicha yangi yondashuvlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

     Ishtirokchilar chiqindilarni tasniflash boʻyicha yo‘riqnomalar, hisobotlar va elektron chiqindilar statistikasi bilan bogʻliq koʻrsatkichlar bo‘yicha “networking” uyushtirildi, mamlakatlarga elektron chiqindilar boʻyicha statistitik maʼlumotlarni tayyorlashga koʻmaklashish masalalarida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech