Joriy yilning 24–27-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Tedjon shahrida Koreya statistika boshqarmasi (KOSTAT) tashabbusi bilan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminarida Statistika agentligi delegatsiyasi: Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Sheraliyev Nurbek Abduxalilovich hamda agentlik xodimlari aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan ishtirok etishmoqda.
O‘quv seminaridan maqsad, aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘lib, hamkor hamkasblar bilan suhbatlar, telefon va onlayn soʻrovlar oʻtkazish boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrtoqlashadi.
Bundan tashqari, trening ishtirokchilari olingan ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va sifatini nazorat qilish uchun geografik axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yangi bilimlardan xabardor bo‘lishadi.
Ma’lumot ucuh: aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.