2025- yil 1-martdan 6-mart kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
3-mart
1-transport shakli Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida __ -yil uchun hisobot O‘z balansida yoki ijaraga olgan avtomobillari va xo‘jalik avtomobil yo‘llari bo‘lgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar
va mikrofirmalardan tashqari) Elektr transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
1-akt shakli Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari)
4-mart
1-kom (kvartira) shakli Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi yuridik shaxslar
1-nnt shakli Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasa, uyushma (ittifoq) bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
5-mart
1-moliya shakli Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Tijoratchi tashkilotlar bo‘lgan yuridik shaxslar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar, dexqon va fermer xo‘jaliklari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilotlar bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari, Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (kichik korxona va mikrofirmalar, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), ularning alohida bo‘linmalari
12-korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar
12 korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)
12 korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
6-mart
1-pensiya shakli __-yil 1-yanvar holatiga pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida hisobot IIV, DXX, MV, MG, FVV, DBQ hududlar kesimida jamlanma hisobotni – Statistika organlariga
12 korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti “Hududgazta’minot” AJ
12 korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova) yillik Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti “Hududgazta’minot” AJ
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).