19/02/2025

      Joriy yilning 15-19 fevral kunlari "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan atrof-muhitni yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida mevali daraxt nihollari ekish ishlari olib borildi.

 

      Tabiatni asrash va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ushbu tashabbus doirasida xodimlar belgilangan hududlarda mevali daraxtlar ekib, ularning parvarishiga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbirda, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari Sh. Yusupov ham faol ishtirok etib, xodimlarga o‘rnak bo‘lishdi.

      Mazkur tadbir yurtimizda yashil maydonlarni kengaytirish, iqlim sharoitini yaxshilash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Statistika boshqarmasi jamoasi kelgusida ham "Yashil makon" dasturi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech