Joriy yilning 18- fevral kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari uchun "Transport statistikasi va aholini ro‘yxatga olish tadbiri" bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Tadbirda "Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o'tkazish" bo'limi boshlig‘i Husenjon Fattoyev, hamda "Xizmatlar sohasi statistikasi" bo‘limi bosh mutaxassisi Baxranova Saida va Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etdi.
Seminar davomida Baxramova Saida esa transport statistikasi bo‘yicha muhim tushunchalarni yetkazdi. U transport statistikasi alohida tarmoq sifatida temir yo‘l, avtomobil, quvur, havo va shahar elektr transportlari hamda yuk va yo‘lovchilar tashish statistikasi haqida ma’lumotlar berdi. Husenjon Fattoyev aholini ro‘yxatga olishning tarixi, xorijiy tajribalar hamda mamlakatimizda ushbu jarayonning ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olinadigan va olinmaydigan shaxslar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda statistik ma’lumotlarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rniga oid fikr almashishdi.