Joriy yilning 17- fevral kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasining "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish" bo‘limi bosh mutaxassisi M. Nazarova tomonidan Romitan tuman 20- umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Seminar so'ngida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.