14/02/2025

      2025- yil 19-fevraldan 27-fevral kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

 

20-fevral

     1-qx (tashkilot) shakli Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida __ -yil uchun hisobot Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (fermer va dexqon xoʻjaliklari, kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari).

 

     1-eko (qo‘riqxona) shakli Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha ___-yil uchun hisobot Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, davlat buyurtma qo‘riqxonasi, tabiiy pitomniklar,davlat biosfera rezervatlari va milliy tabiat bogʻlari (mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari).

 

     1-o‘x (o‘rmon) shakli O‘rmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida ___-yil uchun hisobot Oʻrmon parvarishi ishlarini bajaruvchi oʻrmon xoʻjaliklari

 

     1-ox (ovchilik) shakli Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida___-yil uchun hisobot Yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlar.

 

     1-nogironlik shakli Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironlik sabablari to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Tumanlararo, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari jamlanma hisobotni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hudud bo‘yicha jamlanma hisobotni – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasiga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hududlar kesimida jamlanma hisobotni – Statistika organlariga.

 

23-fevral

     1-energiya (sarflash) shakli Yoqilg‘i va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari), notijorat tashkilotlar; Davlat boshqaruvi organlari (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi)ga - qarashli korxona va muassasalar bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar.

 

24-fevral

     1-turizm shakli Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish (jamoaviy joylashtirish vositalari) xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari), zarur holatlarda ularning alohida bo‘linmalari

 

27-fevral

     1 kb (kvartira) (1 kb shakliga ilova) shakli Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida __-yil uchun hisobot Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar

 

 

     Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).

Tugmani bosing Tinglash GSpeech