Joriy yilning 11- fevral kuni Statistika agentligida joriy yilning 3-6- fevral kunlari Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi (UNSD) tomonidan tashkil etilgan, “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun statistik ma’lumotlar va metama’lumotlar almashinuvi (SDMX)” mavzusida boʻlib oʻtgan mintaqaviy seminar natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda mintaqaviy seminarda qatnashgan Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Notijorat tashkilotlar faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar boʻlimi bosh mutaxassisi Rano Razakova hamda Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasining Statistika vazifalarni raqamlashtirish boʻlimi yetakchi muxandis-dasturchisi Oybek Izmailovlar BRM statistikasi boʻyicha taqdimot qildilar.
Taqdimotda SDMX standartidan foydalangan holda BRM maʼlumotlarini va metamaʼlumotlarini tarqatish va vizualizatsiya qilish amaliyotini takomillashtirish boʻyicha yondashuvlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.