Joriy yilning 5- fevral kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig'i H. Fattoyev tomonidan G'ijduvon tuman 46-son umumta'lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Seminar so'ngida o'quvchi va o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.