Joriy yilning 21- yanvar kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari va o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda "Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma-axborot ishlar statistikasi" bo'limi bosh mutaxassisi Usmonova R. statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish jarayonlari, ularning ahamiyati hamda bu ma’lumotlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlari haqida boshqarma bosh yuriskonsulti Shodiyev O'. tomonidan tushunchalar berildi.
Mazkur seminarda statistika sohasida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish jarayonlari, ularning ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va ochiqligi jamiyat rivoji uchun muhim ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ham tushuntirishlar olib borilib, korrupsiyaga qarshi profilaktika choralari va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminarning asosiy maqsadi – talaba va o‘qituvchilarda statistik ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish bo'lib, tadbir ishtirokchilari mavzu bo‘yicha o‘z savollariga javob olishdi hamda muhokamalarda faol qatnashishdi.