Joriy yilning 17-yanvar kuni Qorovulbozor tuman statistika bo‘limi boshlig‘i Jumayev F. tomonidan tumandagi kasb-hunar maktabida o'quvchi va o'qituvchilar uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Seminar so'ngida o'quvchi va o'qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.