Joriy yilning 10- yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi "Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvi" bo'limi boshlig'i Jo'rayeva D. tomonidan Vobkent tumanining Xajuvon mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, ushbu hududda uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etdilar. Seminarda mahalla faollari ham ishtirok etib, kuzatuvlarni samarali o‘tkazish, ularning ishonchliligini va xolisligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish jarayonida statistik ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan metodologik yondashuvlar, amaliyotda duch kelinadigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari haqida ham keng muhokama olib borildi.
Bundan tashqari, mahalla mas’ullari bilan birgalikda kuzatuvlarni sifatli o‘tkazish uchun tegishli choralar belgilandi. Shuningdek, kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonida statistik ma’lumotlarning to‘g‘ri yig‘ilishi va maqsadga muvofiq ishlatilishini ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.