2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Tojikiston — 10 701 nafar;
Rossiya — 6 032 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 2 408 nafar;
Turkiya — 1 640 nafar;
Janubiy Koreya — 1 383 nafar;
Qozogʻiston — 1 102 nafar;
Xitoy — 507 nafar;
Buyuk Britaniya — 475 nafar;
AQSH — 355 nafar;
BAA — 238 nafar;
boshqa davlatlar — 974 nafar.