27/09/2024

       Joriy yilning 26-sentabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boʻlim boshliqlari hamda  Jondor tumani umumtaʼlim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida huquqiy targʻibot yigʻilishi o'tkazildi.

      Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan  “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib mazkur qonun 2021-yil 7-mayda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligini, 2021-yil 26-iyunda Senat tomonidan maʼqullanlanligini, 2021-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi.

       Targʻibot yigʻilishi yakunida talabalar xodimlar bilan birgalikda kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech