17/09/2024

     O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2021-yil  5-noyabrdagi  “Yurish, yugurish,  mini-futbol,  badminton,  stritbol  va  “Workout”  sport  turlarini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda  tashkilotdagi  xodimlarni  qo‘llab-quvvatlash,  sog‘lom  turmush  tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 17-sentabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshchiligida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy statistika boshqarmalari tizimi xodimlari ishtirokida “Mini futbol” sport turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.

     Musobaqani Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari SH. Yusupov ochib berdi va sport musobaqalarining isnsonga foydasi to'g'risida gapirib o'tdi.

     Musobaqa qizg'in ruhda tashkil etildi hamda munozaralarga boy bo'ldi.

     Musobaqa so'ngida ishtirokchilarga esdalik sovg'alari berildi.

     Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech