13/09/2024

   Xalqaro tajribaga asosan, aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. Ushbu tadbir yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni rejalashtirish mumkin. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

   Birinchidan, aholi soni, yosh tarkibi, jinsi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar soni, aholi yashash sharoitlari va umumiy demo- grafik ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritiladi. Ikkinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi. Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.

   O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasiga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko‘zda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va boshqa mas’ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender xujjatlarini rasmiy-lashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech