Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yilning 1-avgust holatiga ko'ra, viloyatimizda chet el investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 328 tani, shundan qo'shma korxonalar 139 ta va xorijiy korxonalar 189 tani tashkil etmoqda.
2024- yilning 1- avgust holatiga, chet el investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning sohalar bo'yicha soni:
Sanoat - 108 ta
Savdo - 109 ta
Qurilish - 27 ta
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi - 18 ta
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar - 22 ta
Axborot va aloqa - 3 ta
Tashish va saqlash - 13 ta
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish - 4 ta