16/08/2024

      Joriy yilning 15-avgust kuni Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

      Shuningdek, vebinarda xodimlarga ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

      Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech