13/08/2024

       Buxoro viloyat statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanilanilishini aytdi, soʻzini davom ettirib, korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatishi, korrupsiya bu — jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarini buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishini, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʻal boʻlishidan qatʼiy nazar, barcha mamlakatlarda uchrashini, bu zararli illatni bartaraf etish boʻyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotganligini aytib oʻtdi.

  

        korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

       korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

          manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech