09/08/2024

      2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3 400,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

      Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,1 % ga o‘sgan.

      Sabzavot yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (17,7 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

      Shuningdek, Andijon (17,5 %), Fargʻona (13,1 %) va Toshkent (10,4 %) viloyatlarida ham sabzavot yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech