Maʼrifat soatini boshqarma boshligʻi U.O.Djumanazarov kirish soʻzi bilan ochib, 1991-yil 31-avgustda Toshkentda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi eʼlon qilingani, hamda shu kuni Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi bayonoti qabuli va tegishli qaror bilan 1-sentyabr Mustaqillik kuni sifatida tasdiqlangani haqida maʼlumot berib, “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan Oʻzbekistonning asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kuni har yili 1-sentyabrda nishonlanganini aytdi.
Tadbirni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri A.I.Axmedov Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi, “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoya asosida “Yangi Oʻzbekiston 7 yilda yetishganlarimiz” mavzusidagi maʼruzasi bilan davom ettirib, soʻnggi 7 yil davomida respublikamiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalar yuzasidan maʼlumot berdi.