08/08/2024

      2024-yilning yanvar-iyun oylarida 9 ming nafar Buyuk Britaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelishgan.

      Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 ming nafarga yoki 34,5 % ga oshgan.

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan Buyuk Britaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

     dam olish – 7 370 nafar;

     qarindoshlarni yoʻqlash – 862 nafar;      xizmat yuzasidan – 679 nafar;

     tijorat – 32 nafar;

     oʻqish – 31 nafar;

     davolanish – 2 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech