06/08/2024

         2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 58 935,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.

         2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 6,5 % ga oʻsgan.

         Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent (3 694,2 mlrd soʻm), Samarqand (3 491,4 mlrd soʻm), Fargʻona (2 582,8 mlrd soʻm), Andijon (2 247,6 mlrd soʻm) viloyatlari hamda Toshkent shahri (11 179,8 mlrd soʻm) qayd etilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech