02/08/2024

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156- son buyrug‘iga asosan1-30 avgust kunlari Buxoro viloyati bo‘yicha tanlab olingan 14 232 ta dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shu bois Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Sh. Yusupov mazkur jarayonlarni kuzatish maqsadida G'ijduvon tumani ”Yangiobod” MFYda bo‘ldi. So‘rovnomada berilgan barcha ma’lumotlar mutaxassis R. Rajabov va bo'lim boshlig'i H. Fattoyevlar tomonidan shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Kuzatuvda bevosita tuman statistika bo‘limi boshlig‘i N. Jahonqulov, ”Yangiobod” MFY raisi, hokim yordamchisi qatnashdilar.

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech