2024-yilning 31-iyul kuni, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Qorovulbozor tuman statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan shahardagi “Imom Buxoriy” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.