2024 - yilning yanvar-iyun oylarida viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 8 496,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 107,6 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 789,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 123,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 7 707,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 106,2 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 107,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 115,4 %) tashkil etdi.