26/07/2024

       Joriy yilning 23-iyul kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mustaxasislari tomonidan G'ijduvon tumaniga qarashli Dilkusho mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etildi.

Xususan, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech