12/07/2024

   2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 530,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 % ga oshgan.

   Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

     Qirgʻiz Respublikasi – 1 057,4 ming nafar;

     Tojikiston – 1 046,2 ming nafar;

     Qozogʻiston – 668,4 ming nafar;

     Rossiya – 364,5 ming nafar;

     Turkmaniston – 67,2 ming nafar;

     Turkiya – 51,9 ming nafar;

     Xitoy – 28,7 ming nafar;

     Hindiston – 28,2 ming nafar;

     Janubiy Koreya – 19,6 ming nafar;

     Italiya – 17,7 ming nafar;

     Boshqa davlatlar – 181 ming nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech