05/07/2024

    2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻi qoʻshilgan qiymatida 6,5 % ga oʻsish kuzatilgan.

    Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati 4,9 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 7,1 % ga, elektr, gaz, bugʻ bilan taʻminlash va havoni konditsiyalash tarmogʻining 2,9 % ga hamda suv bilan taʻminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish tarmogʻining 5,8 % ga ijobiy oʻsishi hisobiga taʻminlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech