04/07/2024

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 171,7 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda
569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi – 995,3 ming nafar;

Tojikiston – 449,8 ming nafar;

Qozogʻiston – 322,5 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;

Rossiya – 86,5 ming nafar;

Turkiya – 63,9 ming nafar;

BAA – 55,7 ming nafar;

Quvayt – 16,5 ming nafar;

Misr – 13,5 ming nafar;

Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech